Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Amal ko‘mgan iste’dod yoki Ozodbek Nazarbekov qayerda?

Amal ko‘mgan iste’dod yoki Ozodbek Nazarbekov qayerda?

Jurnalist Abror Zohidov feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov haqida o‘ziga xos fikr bildirdi. Quyida uning mulohazalarini e’tiboringizga havola etamiz.

Hammasi oddiy turtki bilan boshlandi. Kompyuterimda 2007-2008 yillarga doir “papka” topib oldim. O‘zim uchun qiziqarli ko‘plab fayllar orasida o‘sha paytlar shunchaki sevimli xonanda, bugungi kunda O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning ko‘pgina qo‘shiqlari ham bor ekan. Mashrab g‘azali kuyga solingan “Eshigingda”ni qayta-qayta eshitdim. Yig‘ladim!

Nazarbekov ijodining biror yili yirik dastursiz, biror dasturi butun yurt xirgoyi qiladigan va sel bo‘lib tinglaydigan “xit” qo‘shiqlarsiz o‘tmasdi. Uning qo‘shiqlar ro‘yxatiga nazar solish orqali 15 yil davomida o‘z o‘rnini saqlab turgani sababini osongina anglash mumkin. “Xalqlar do‘stligi” saroyida 20-25 kunlab, ayrim kunlarda ikki martalab o‘tgan konsertlari hamisha anshlag bo‘lgan, o‘sha kunlari poytaxt o‘zgacha bayram qilgan.

Ammo bugun o‘sha biz bilgan Ozodbek Nazarbekov qani?

Oxirgi mashhur qo‘shiqlaridan biri “Mendirman o‘sha” ko‘proq mafkuraviy xarakterda bo‘ldi. U dastlab “Yoshlar”telekanaliga direktor qilib tayinlandi, keyin birato‘la Madaniyat vaziri o‘rinbosari bo‘laqoldi va shu bilan ijodida keskin pasayish boshlandi. Nahot amal san’atdan baland bo‘lsa, butun vaqtni egallab olsa, ijodga yo‘l bermasa?! 
Axir Ozodbek Nazarbekov xalq uchun birinchi navbatda xonanda, sevimli san’atkorku. Mayli, yuqorining tashabbusiga, buyrug‘iga yo‘q deya olmagandir. Lekin iste’dodning cho‘qqisida, ovozning ayni shiraga kirgan paytida san’atdan uzoqlashish, konsertlarni to‘xtatish, qo‘shiqlar yaratmaslik sababini tushunmayman. 
Balki kimdir tushunar...

 

Kiritildi: 10:22 14.08.2019. O'qildi: 6208 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!