Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Allamjonov va Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Allamjonov va Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Bugun, 13 mart kuni Prezident administrasiyasi rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonov va Prezident administrasiyasi sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Allamjonovga ko‘ra, uchrashuvda ko‘plab loyihalar yuzasidan fikr almashilgan. Xususan, Google (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va bu orqali axborot sohasiga oid ayrim muammolarni birgalikda hal etish masalalarini muhokama qilgan.

“Ko‘plab blogerlarimizdan YouTube monetizasiyasining cheklanishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan edi. Shu bois uchrashuvda elchi janoblari bilan ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kelishib oldik”, - deydi Komil Allamjonov.

Kiritildi: 16:25 14.03.2023. O'qildi: 1328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!