Rossiyalik kinorejissyor va ssenarist Aleksandr Stefanovich 76 yoshida vafot etdi.
Baza telegram kanali ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda estrada xonandasi Alla Pugachyovaning sobiq eri koronavirus tufayli o‘pkasiga katta shikast yetgan holda aka-uka Baxrusinlar shahar klinik kasalxonasida reanimasiyada yotgan.
5 iyul kuni Aleksandr Stefanovich koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik, RIA Novosti bilan suhbatda u ushbu ma’lumotni rad etdi va o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyalari tufayli tekshirilayotganligini aytdi.
Aleksandr Stefanovich hujjatli va badiiy filmlarning muallifi sifatida ham tanilgan. 1977 yildan 1981 yilgacha u Alla Pugachyova bilan turmush qurgan. 2010 yilda u "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.