Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot va Vobkent tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “J.M.” xususiy korxonasi, “S.S.” oilaviy korxonasi hamda “T.J.” MCHJga qarashli spirtli ichimliklar sotuvchi savdo do‘konlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, jami 18 turdagi alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.U. YATT “YA.G.”ning “Eski Jomboy” MFY hududidagi paynet xizmati uchun ijaraga olingan savdo do‘konida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, undan 51 turdagi alkogol va 118 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.R. belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan “Mashrab” ko‘chasidagi savdo do‘konida tamaki mahsulotlari sotayotganligi aniqlanib, undan 853 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:16 05.05.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!