Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi

A A A
Alisher Usmonovga tegishli kompaniya bosh direktori pnevmoniyadan vafot etdi

Rossiyaning eng yirik tog‘-metallurgiya xoldinglaridan biri hisoblangan «Metalloinvest»ning bosh direktori Andrey Varichev hayotdan ko‘z yumdi. U 52 yoshda edi.

O‘lim faktini «Metalloinvest» rahbari deputat bo‘lgan Kursk viloyati ma’muriyati vakili tasdiqladi. «Forbes»ning yozishicha, uning o‘limiga pnevmoniya sabab bo‘lgan. U 27 aprel, dushanba kuni Moskvadagi xususiy klinikalardan birida jon bergan.

Top-menejerga ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan va oxirgi bir necha kun o‘pkani sun’iy ventilyasiya qiluvchi apparatga ulab qo‘yilgan.

Pnevmoniya — koronavirusda kelib chiqadigan asoratlardan biri.

Xabarlarga ko‘ra, Varichev COVID-19 ga test topshirgan, biroq natija manfiy chiqqan.

«Metalloinvest» — Rossiyadagi eng yirik temir koni kompaniyalaridan biri bo‘lib, u milliarder Alisher Usmonovga tegishli.

Kiritildi: 23:43 27.04.2020. O'qildi: 6570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!