Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Alisher Qodirov: “Surxondaryodagi ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”

Alisher Qodirov: “Surxondaryodagi ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o‘zining “Telegram”dagi sahifasida Surxondaryoda bo‘lgan aholi va IIB xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuv yuzasidan fikrini bildirib o‘tdi.

“Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qo‘pol qonun buzilishi, jamoat tartibiga putur yetkazish harakatlari qonunlarimizga ham, qadriyatlarimizga ham zid bo‘lgan jinoyat sifatida baholanishi kerak.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson manfaatlari ustivorligi, huquq va erkinliklarini taminlash, turmush sharoitlarini o‘zgartirish maqsadida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar aslo mamlakatimizda qonun ustivorligini taminlashga to‘sqinlik qilmaydi. Zero, qonun ustivor bo‘lgan davlatlardagina xalqqa samarali xizmat qilish mumkin.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu jinoyat ochiq tergov qilinishi va aybdorlarga keskin jazo belgilanishi kerak, deya yozadi.

Kiritildi: 16:40 16.02.2020. O'qildi: 4088 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!