MIB Zangiota tumanlararo sudining 23.03.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor J.U.dan undiruvchi N.S. foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlari ta’minoti uchun 1/2 qismi mikdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga Qonunning 25-moddasiga asosan Byuroning Zangiota tuman bo‘limidan 24.03.2025 yilda kelib tushgan.
Ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi A.Muxamedov tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, qarzdor erkak uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun 2020 yil yanvar oyidan 2025 yil iyun oyiga qadar aliment pullarini to‘lamay kelgani aniqlangan.
Oqibatda aliment qarzdorligi salkam 100 mln. so‘mga yetgan. Shundan so‘ng, bo‘lim tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan hujjatlar to‘planib, huquqiy chora ko‘rish maqsadida sudga taqdimnoma kiritilgan.
Jazodan qochish maqsadida, alimentchi ota 5 yillik qarzdorlik summasi 94 mln. 842 ming 824 so‘mni uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun undirib berildi.
Shuningdek, undiruvchi ayolning arizasiga asosan, mazkur aliment hujjati Qonunning 40-moddasi 1-bandiga ko‘ra tamomlangan.