Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Alimentchi ota 3 nafar farzandi uchun 171 mln so‘m to‘lab berdi

Alimentchi ota 3 nafar farzandi uchun 171 mln so‘m to‘lab berdi

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida” nizomda alimentlarni oldindan to‘lash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan.

Fuqarolik ishlari Namangan tumanlararo sudining 2023 yil 20 oktyabrdagi qaroriga asosan qarzdor N.N.dan undiruvchi O.M.ning foydasiga uch nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Mazkur sud qaroriga asosan ijro hujjati bo‘yicha Byuroning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota bayram arafasida farzandlarini voyaga yetgunga qadar aliment uchun hisoblangan 171 million so‘mni bir yo‘la oldindan to‘lab berdi.

Kiritildi: 18:22 17.03.2025. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!