Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Alibaba Turkiyaga 2 milliard dollar sarmoya kiritadi

Alibaba Turkiyaga 2 milliard dollar sarmoya kiritadi

Xitoyning chakana savdo va internet giganti Alibaba Turkiyaga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi. Turkiya matbuotiga ko‘ra, bu haqda Alibaba prezidenti Maykl Evans Erdo‘g‘on bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.

Alibaba guruhi rahbari Maykl Evans o‘tgan hafta Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashdi, deyiladi Alibaba aksiyadori bo‘lgan Trendyol kompaniyasi bayonotida. Evans, Trendyol orqali Turkiyaga 1,4 milliard dollar sarmoya kiritganliklarini va Trendyolning xalqaro rivojlanish strategiyasini qo‘llab-quvvatlaganliklarini bildirdi.

U, shuningdek, Erdo‘g‘anga Turkiyaga rejalashtirilgan sarmoyalar, jumladan Anqaradagi ma’lumotlar va logistika markazlari va Istanbul ayeroportidagi eksport operasiyalari markazi kabi yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Evans, Turkiyaning dunyoning yetakchi elektron tijorat davlati bo‘lish salohiyatiga ega ekanligini ta’kidladi. U shuningdek, bayonotda sarmoya kiritishning aniq sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, “yaqin kelajakda” mamlakatga 2 milliard dollar sarmoya kiritish rejalari borligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2010-yilda tashkil etilgan Trendyol Turkiyadagi yetakchi elektron tijorat platformasi hisoblanadi. Bundan tashqari, kompaniya oziq-ovqat va tayyor ovqatlarni tez yetkazib berish xizmatiga ega.

Alibaba 2018 yilda Trendyol aksiyalarini sotib oldi.

Kiritildi: 18:08 18.09.2023. O'qildi: 1635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!