Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari o‘tkaziladigan sanalar rasman ochiqlandi. SNN xabariga tayanib ma’lum qilinishicha, motam tadbirlari joriy yilning 4 iyulidan 9 iyuliga qadar davom etadi.
Jarayon 4 iyul kuni Tehrondagi Imom Xomeyniy jome masjidida boshlanishi ko‘zda tutilgan. Marosimlar doirasida bir necha kun davomida mamlakatning yirik shaharlari — Tehron, Qum va Mashhadda ommaviy yurishlar hamda xotira tadbirlari tashkil etiladi.
Marhum bilan xayrlashuvning yakuniy qismi 9 iyul kuni Mashhad shahrida bo‘lib o‘tadi va shu kuni oliy rahbarning jasadi Imom Rizo maqbarasi majmuasiga dafn qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Ali Xomanaiy joriy yil 28 fevral kuni uyushtirilgan havo hujumi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan edi. Oradan uch oydan ko‘proq vaqt o‘tib, uning dafn marosimi tafsilotlari e’lon qilindi.
Mazkur voqeadan keyin Eronning yangi oliy rahbari sifatida marhumning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy tayinlangani ma’lum qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ham o‘sha hujum vaqtida tan jarohati olgan va shu paytgacha omma oldida ko‘rinish bermagan.