Men o‘zimdan keyingi odamga nafaqat mudofaalanayotgan, balki hujum qilayotgan armiyani topshirmoqdaman....
Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etilgan Aleksandr Sirskiy xayrlashuv murojaatini e’lon qildi.
"Katta urush paytida qo‘shinga boshchilik qilish har bir ofiser uchun eng oliy mas’uliyatdir. Men bu urushni 2014 yilning ilk kunidan beri ko‘rdim, front bilan yashadim va ozod qilingan har bir kilometr Ukraina zaminining qadrini bilaman", — deb yozdi Sirskiy.
U 2024 yilning fevralida bosh qo‘mondon lavozimini egallaganidan beri o‘tkazilgan asosiy harbiy amaliyotlarni, xususan, Rossiyaning Kursk viloyatiga uyushtirilgan hujumni qisqacha sanab o‘tdi.
"Biz armiyani nafaqat jang maydonida, balki uning negizida ham o‘zgartirdik", — dedi Sirskiy va dronlar bilan ishlash hamda qo‘shinlardagi tarkibiy islohotlarni alohida ta’kidladi.
"Men o‘zimdan keyingi odamga nafaqat mudofaalanayotgan, balki hujum holatida bo‘lgan — tashabbusga, tuzilmaga va dushmanni qanday tor-mor etishni biladigan insonlarga ega armiyani topshirmoqdaman. Bu hujum davom etishiga chin qalbimdan umid qilaman. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud", — deyiladi murojaatda.