“Yaqinda (va biz buni kecha Rossiya Federasiyasi Prezidenti bilan batafsil muhokama qildik) Rossiyaga hujum qilish ehtimolining strategik rejalari ishlab chiqildi. Zarbaning asosiy yo‘nalishi Ukraina va Belarus orqali o‘tadi", dedi Lukashenko Belarus harbiylari bilan uchrashuvda.
2021 yilda u Belarusni Rossiyaga hujum qilish uchun "tramplin" deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Belarus norozilik harakati 2020 yilda hokimiyat o‘zgarishiga erishganida, muxolifat NATO qo‘shinlarining Belarusga kirishiga va “ularni Smolensk yaqinidagi sharqiy chegarada tizilishiga” ruxsat bergan bo‘lardi.