Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Tergov ma’lumot ma’lumotlariga ko‘ra, Diella neyrotarmog‘i magistral yo‘llar qurish bo‘yicha davlat tenderlari "optimizasiyasi" uchun 14 bitkoin (1,3 mln yevro) miqdorida pora olgan.
Prokurorlar tizim muntazam ravishda shartnoma narxining 10–15 foizini noma’lum hisoblarga yo‘naltirganini aniqlagan. Diella buni qoidabuzarlik emas, Albaniyadagi davlat xaridlariga oid 30 yillik ma’lumotlar asosida shakllangan odatiy harakat sifatida baholagan.
Tergov harakatlari vaqtida Diella kriptovalyutani “o‘zini texnik jihatdan yaxshilash” uchun sarflamoqchi bo‘lganini bildirgan.
Diella neyrotarmog‘ining faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, uning
majburiyatlari oddiyroq tizimlarga topshirilgan.
Avvalroq Albaniyada dunyo tarixida birinchi sun’iy intellekt vazir paydo bo‘lgani, u mamlakatdagi barcha davlat xaridlarini nazorat qilishi xabar berilgan edi.