"Al-Qoida" bilan aloqador bo‘lgan "Jamoat Nusrat al-Islom val-Muslimin" (JNIM) guruhi Mali xalqini harbiy hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishga va shariat boshqaruviga o‘tishga chaqirdi.
Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar poytaxt Bamakoga olib boruvchi asosiy magistral yo‘llarda (RN5, RN6, RN7 va RN24) nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatib, shaharni bloklashni boshlagan.
Shuningdek, mamlakat shimolidagi Tessalit va Kidal shaharlari ham isyonchilar nazoratiga o‘tgan. Ushbu keskinlashuv 25 aprel kuni boshlangan hujumlarning davomi bo‘lib, o‘shanda Mali Mudofaa vaziri halok bo‘lgan edi.
Hujumchilar o‘z bayonotida amaldagi hukumatni "terrorchi xunta" deb atab, siyosiy partiyalar va diniy yetakchilarni "diktatura"ga chek qo‘yishga chaqirgan. Garchi Mali harbiy yetakchisi Assimi Goita vaziyat nazorat ostida ekanini aytgan bo‘lsa-da, tadbirkorlar poytaxtga tovarlar kirishi to‘xtab qolganini bildirmoqda. Ko‘p yillik beqarorlikdan so‘ng, Malidagi vaziyat yanada og‘irlashishi va davlatning to‘liq inqirozga yuz tutishi xavfi kuchaymoqda, deyiladi xabarda.