G‘azo sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan BMT avtomobillariga o‘q uzildi va yuk o‘g‘irlab ketildi.
Bu haqda Qatarning “Al-Jazeera” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “Report” .
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida uch nafar haydovchi jarohatlangan. Falastin anklavining markaziy qismida BMT gumanitar yordam karvoniga hujum uyushtirilgani xabar qilingandi.
Janub chegarasidan Dayr al-Balah shahri tomon harakatlanayotgan 20 yuk mashinasidan 14 tasi otib tashlangan va ular olib ketayotgan oziq-ovqatlari o‘g‘irlab ketilgan.