Bugun 1 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aktaudagi aviahalokatni tekshirishda turkiyalik mutaxassislar ishtirok etmoqda

Aktaudagi aviahalokatni tekshirishda turkiyalik mutaxassislar ishtirok etmoqda

Qozog‘istonning Aktau shahri yaqinida halokatga uchragan Ozarbayjon havo yo‘llari samolyotining 8 kishidan iborat turkiyalik mutaxassislar guruhi tergovda ishtirok etadi. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekspert komissiyasi Ozarbayjon fuqaro aviasiyasi davlat agentligi taklifi asosida tuzilgan.

"Biz texnik va operasion tahlillarni o‘tkazamiz va kerakli yordamni taqdim etamiz. Hodisaning to‘liq holatlarini o‘rganish va natijalarini ma’lum qilish uchun rasmiylar bilan kelishilgan holda ishlaymiz”, — dedi u.

Uralo‘g‘lu, delegasiyaning 27 dekabr oqshomida Bokuga jo‘nab ketishini va ertasi kuni ishga kirishishini bildirdi.

"Turkiya har qanday sharoitda ham Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlaydi", - dedi u.

Vazir aviahalokatda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.

Kiritildi: 11:45 28.12.2024. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!