Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlarning mustaqilligidan mahrum etilishiga shunday munosabat bildirdi.
Prezident Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi maxsus prokuratura (SAP) rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazganini ma’lum qildi. Uchrashuv, ushbu idoralar mustaqilligini yo‘qotib, Bosh prokuraturaga bo‘ysuna boshlashini nazarda tutuvchi qonun qabul qilingani fonda bo‘lib o‘tdi.
"Aksilkorrupsiya infratuzilmasi ishlashda davom etadi, lekin Rossiya ta’sirisiz, bundan hamma narsa tozalanishi kerak", — deya ta’kidladi Zelenskiy murojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NABU va SAP o‘z faoliyatini davom ettiradi, Bosh prokuror esa “qonunni buzganlarga jazo muqarrarligini ta’minlashga chin dildan intilmoqda”.
"Yillar davomida tergov qilinmay yotgan ishlar o‘rganilishi kerak. Bir necha yil oldin Ukrainadan qochgan amaldorlar, negadir, chet elda hech qanday huquqiy oqibatlarsiz yashab kelmoqda. Bu normal holat emas. Hanuzgacha rossiyaliklar o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga qanday qilib ega bo‘layotganlariga ham hech qanday izoh yo‘q. Muhimi – bu idoralarning rossiyaliklarsiz ishlashi, jazo muqarrarligini ta’minlashi va jamiyat buni aniq ko‘rishi zarur.
Shunga qaramay, Zelenskiy korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organlar mustaqilligini bekor qiluvchi qonunni to‘g‘ridan-to‘g‘ri izohlamadi.