Ukrainalik jurnalist va harbiy kuzatuvchi Vasiliy Pexno o‘zining kundalik efirida so‘nggi haftada Rossiya armiyasi Chasov Yar hududida Ukraina mudofaa kuchlariga bosimni sezilarli darajada oshirganini aytdi.
"Xususan, rossiyaliklar Shimoliy Donets - Donbass kanali quvurlarini portlatib, o‘tish yo‘laklarini kengaytirdilar. Bu ularga Ukraina qo‘shinlari pozisiyalariga motosikllar va ehtimol, zirhli texnikalar yordamida tezkor hujum qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, shaharning shimoliy qismida rossiyaliklar aholining g‘arbiy-markaziy qismida mudofaa qilayotgan bo‘linmalarimizning orqa tomoniga kirib bormoqda. Shuningdek, dushman motosikllardan faol foydalangan holda yo‘l bo‘ylab Stupochki tomon harakatlanmoqda. Bosqinchilar Stupochkini Konstantinovkaga keyingi harakat uchun asosiy markaz sifatida ko‘rishmoqda.
Dushmanning bu harakatlari bitta narsadan dalolat beradi: Chasov Yar uchun hal qiluvchi jang yaqinlashmoqda. Bu jang davomida biz chekinishimizga va bu shaharni ruslar uchun xavfli, hatto o‘ta xavfli hududga aylantirishga harakat qilishimizga to‘g‘ri kelishini istisno qilmayman.
Frontning bu qismida dushman juda kuchli va yaxshi tayyorlangan, shuning uchun yaqin kelajakda bu yerda jiddiy janglar boshlanishi kutilmoqda”, — dedi ekspert.