Klaudio Ranieri "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov haqida ijobiy fikr bildirdi.
Bir necha hafta davomida o‘zbekistonlik hujumchining poytaxtdan ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Yaqinda Venesiyaga o‘tishi haqidagi xabarlarga qaramay, Shomurodov "Udineze"ga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabada ikkinchi taymda maydonga tushdi.
Hujumchi ikkinchi bo‘limda "Roma"ning o‘yinni o‘z foydasiga hal qilishiga hissa qo‘shdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Ranieri shunday dedi: "Men Shomurodovni bilaman, u Kalyarida mening qo‘l ostimda o‘ynagan, bugun u yaxshi ish ko‘rsatdi va raqib chizig‘i ortida harakat qildi."
"U qoladimi? Agar jamoani kuchaytirish imkoniyati bo‘lsa, men klub qaroriga amal qilaman, lekin Eldor professional, undan mamnunman."
"U men yaxshi munosabatda bo‘ladigan o‘yinchilar toifasidan."