Elektroenergetik tizimlarning rejimlarini tahlili va nazariyasi bo‘yicha yirik olim, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Nosirov Temurjon Xayrullayevich 2024 yilning 12 noyabr kuni 83 yoshida vafot etdi.
Bu haqda O‘zFA axbaort xizmati ma’lum qildi.
«Kamtarin va samimiy olim elektroenergetik tizimlarning normal va avariya rejimlarini kompleks tahlil usullarini yaratish va umumlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan», – deyiladi Akademiya xabarida.
Aniq.uz marhumning yaqinlari, do‘stlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.