Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Akademik Nazar To‘rayev vafot etdi

Akademik Nazar To‘rayev vafot etdi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, taniqli fizik olim Nazar To‘rayev 3 oktyabr kuni 85 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar berdi.

1938 yili Denov tumanida tug‘ilgan. Nazar To‘rayev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1988) unvoniga, fizika-matematika fanlari doktori (1980), professor (1982) ilmiy darajalariga ega bo‘lgan.

Nazar To‘rayev atom zarralarning qattiq jismlar sirtida sochilishi nazariyasi, ionlarning birlamchi va ikkilamchi sochilishiga oid sohalarda ilmiy izlanishlar olib borgan. U O‘zbekistonda birinchi bo‘lib nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni amalga oshirgan.

To‘rayev lazer nuri bilan qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini nurlantirish ilmiy laboratoriyasining asoschilaridan biridir.

Akademik 1990-1995 yillarda Oliy Kengash deputati bo‘lgan. 1998 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Kiritildi: 10:41 03.10.2023. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!