Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Ajrashish to‘lovi 5 baravar oshdi: Turkmanistonda oilalar qanday qiyinchilikka duch kelmokda

Ajrashish to‘lovi 5 baravar oshdi: Turkmanistonda oilalar qanday qiyinchilikka duch kelmokda

Turkmanistonda ajrashish to‘lovi birdaniga 5 baravarga qimmatladi.

Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganlardan 6000 manat, ya’ni 3 500 dollardan ortiq miqdorda davlat boji to‘lashi talab qilinmoqda.

Mahalliy aholining aytishicha, taxminan olti oy oldin boj miqdori 1200 manat - salkam 706 dollar edi. Fuqarolarga bojlar qachon oshirilgani haqida tushuntirish berilmagan.

Turkmanistonda iqtisodiy qiyinchiliklar va keng tarqalgan ishsizlik sharoitida nikohni bekor qilishga qaror qilgan ko‘plab fuqarolar 5 baravar qimmatlashgan davlat bojini to‘lay olmayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda ajrashishga qaror qilgan oilalar soni sezilarli darajada oshgan. Aksariyat hollarda bunday oilalar Turkiya yoki Rossiyada yurgan muhojirlardan tarkib topgan.

Kiritildi: 19:50 17.02.2025. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!