Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Airbus samolyotlariga bo‘lgan talab 29 baravarga kamayib ketdi

Airbus samolyotlariga bo‘lgan talab 29 baravarga kamayib ketdi

Evropaning samolyot ishlab chiqaruvchisi Airbus iyul oyida 7 ta samolyotga buyurtma oldi, bu iyun oyidagi 207 ta samolyotdan 29 baravar kam.

Bu haqda kompaniya saytidagi ma’lumotlarga asoslanib xorijiy OAVlar xabar bermoqda.

Yil boshidan beri Airbus 501 ta samolyotga buyurtma olgan, biroq bekor qilinganlarni hisobga olgan holda bu ko‘rsatkich 405 ta samolyotni tashkil qilgan.

Iyul oyida kompaniya mijozlariga havo kemalarini yetkazib berish 6,3 foizga oshib, 67 donani tashkil etdi. Yil boshidan buyon 373 ta samolyot keltirildi.

Airbus dunyodagi eng yirik aerokosmik va mudofaa kompaniyalaridan biridir. U yo‘lovchi samolyotlari, Airbus Defence and Space va Airbus Helicopters ishlab chiqaradigan Airbus SAS bo‘linmalaridan iborat.

Kiritildi: 11:00 08.08.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!