Puket aeroporti Air India samolyoti qattiq qo‘nish natijasida uchish-qo‘nish yo‘lagini to‘sib qo‘yganidan so‘ng falaj bo‘lib qoldi.
Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari xabar berishdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonning Haydarobod shahridan kelgan samolyot qo‘nish paytida qo‘nish moslamasiga shikast yetkazgan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘xtab, uni to‘sib qo‘ygan va ayeroportning reyslarni qabul qilishi yoki jo‘natishiga to‘sqinlik qilgan.
Shikastlangan samolyot bortida 133 kishi bo‘lgan; hech kim jabrlanmagan. Hodisa samolyotlarning tirbandligini keltirib chiqargan.