Air Astana aviakompaniyasi apellyasiya sudida Urallik 12 yoshli yo‘lovchi Zere Galiyevaga qarshi sudda yutqazib qo‘ydi, unga bortga chiqish talonini berilmagan va uni Ostona aeroportida yolg‘iz qoldirgan.
Bu haqda Qozog‘iston OAVlari xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 20 iyul kuni o‘n ikki yoshli egizak qizlar Zere va Zaure Galiyevalar Ostona shahrida transfer bilan AQShdan Uralskga qaytayotgan edi. Biroq parvozga ro‘yxatdan o‘tish vaqtida FlyArystan (Air Astana sho‘’ba korxonasi) aviakompaniyasi xodimlari opa-singillardan faqat bittasini ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Natijada Zere bortga chiqish talonidan mahrum bo‘ldi. Muammoni hal qilishga va’da bergan FlyArystan xodimlari bolani Ostona aeroportida qoldirib ketishdi va samolyot Uralskka uchib ketdi.
Qiz ertasi kuni kattalar nazoratisiz uchib keta oldi.
Murojaatni ko‘rib chiqish chog‘ida Air Astana vakillari o‘z kamchiliklarini tan oldi, biroq qizning onasi uchun to‘lanadigan ma’naviy tovon pulini 5 million tengedan (taxminan 10,5 ming dollar – tahr.) 1,5 millionga kamaytirishni so‘radi.
Sud sudlanuvchining vajlariga rozi bo‘lmadi.