Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov (-60 kg) ikkinchi bor Osiyo o‘yinlari chempioniligini qo‘lga kiritdi.
Janubiy koreyalik Dongxvan Kang bilan chempionlik bahsida ringga ko‘tarilgan yurtdoshimiz o‘z ustunligini namoyish qildi va oltin medalga ega chiqdi — 5:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar soni 61 taga yetdi — 18 ta oltin, 21 ta kumush va 22 ta bronza.