Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Aholi va’dasini bajarmagan hokimni mashinaga bog‘lab, shahar bo‘ylab sudradi (VIDEO)

Aholi va’dasini bajarmagan hokimni mashinaga bog‘lab, shahar bo‘ylab sudradi (VIDEO)

Meksikada darg‘azab aholi Las-Margaritas tumani hokimi Xorze Eskandonni pikap mashinasiga bog‘lab, bir necha ko‘cha bo‘ylab sudrab borishdi. Bu haqda mahalliy Heraldodemexico nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, amaldor mahalliy aholiga shaharda yo‘llarni qurishni va’da bergan, biroq buni bajarmagan.

Eskandonni arqon bilan mashinaga bog‘lashdi va polisiya mashinani to‘xtatmaguncha shahar bo‘ylab sudrab ketishdi.

Twitter’da bu haqda video paydo bo‘ldi.

Videoda olomon erkak bog‘langan mashina ortidan yugurayotgani aks etgan. Hokimning hayotga hech narsa xavf solmayapti.

Mahalliy hukumat tomonidan aholi siyosatchini olib qochishda ayblab, 30 kishi qo‘lga olingani haqida axborot berdi.

Kiritildi: 15:16 09.10.2019. O'qildi: 7122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!