Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun garovsiz kredit beriladi

A A A
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun garovsiz kredit beriladi

2024 yil 1 yanvardan «Har bir oila — tadbirkor» dasturi doirasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga baliqchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratish belgilab berildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan "O‘zbekbaliqsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Ro‘ziyeva ma’lum qildi:

🔴2023-2024 yillar davomida baliqni sanoat usulida yetishtirish, ovlash va suv bo‘yi turizmi maskanlari tashkil etiladigan suv omborlari ro‘yxati shakllantirildi.

🔴Tabiiy suv havzalarini «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish ishlari tashkillashtirilmoqda.

🔴Suv havzalarining 40 ga yaqinida xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun bir necha turdagi turizm xizmatlari tashkil etildi.

🔴Respublikadagi 264 ta tabiiy suv havzalaridan reproduktiv ahamiyati past va doimiy ixtiofaunaga ega bo‘lmagan 186 tasi xatlov qilinib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga samarali foydalanish uchun topshirildi.

Kiritildi: 20:15 18.12.2023. O'qildi: 1524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!