Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Aholi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanadi

Aholi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlanadi

“Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–322-son, 31.10.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan ozuqabop
va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha yillik 12 foiz stavkada 12 oy muddatga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

✅ 2025 yil 1 noyabrdan 2030 yil 31 dekabrgacha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensasiya qilish jamg‘armasi hisobidan belgilangan yo‘nalish va shartlar bo‘yicha tadbirkorlarga quyidagilar qoplab beriladi:

🔹 Markaziy bank asosiy stavkasining 2 barobaridan oshmagan miqdorda milliy valyutada ajratiladigan kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz banddan yuqori, biroq 10 foiz bandgacha bo‘lgan qismi;

🔹 xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 8 foizdan yuqori, biroq 4 foiz bandgacha bo‘lgan qismi.

💰 2026 yil 1 yanvardan ozuqabop va moyli ekinlarni yetishtiruvchi sub’ektlarga mahsulot yetishtirishda sug‘orish tadbirlari uchun o‘z balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foiz qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.

Kiritildi: 19:35 03.11.2025. O'qildi: 1103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!