Donald Tramp bu haqda Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng bayonot berdi.
"Biz Suriya muvaffaqiyatga erishishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, chunki u Yaqin Sharqning bir qismi. Endi Yaqin Sharqda tinchlik hukm surmoqda", — dedi Oq uy rahbari.
Trampning fikricha, Suriyaning hozirgi rahbari "o‘z mamlakatini gullab-yashnaydigan davlatga aylantira oladigan" inson.
"Ahmad ash-Shar’a juda kuchli yetakchi. U qattiqqo‘l yigit va menga menga yoqadi. Suriyaning yangi prezidenti bilan yaxshi til topishayapman", — dedi Tramp.