Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

"Agrobank" jarimaga tortildi

"Agrobank" jarimaga tortildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan reklama axborotlarining qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan olib borilgan o‘rganishlarda “Agrobank” ATB tomonidan “Agrobank Mobile” ilovasini yuklab olib, katta rejalaringiz uchun uydan chiqmasdan 100 000 000 so‘mgacha mikroqarz oling” mazmunidagi reklamalar aniqlangan.

Mazkur reklama axborotlarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi talablariga asosan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda shartnomaning asosiy va muhim shartlari ko‘rsatilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Reklamaning bunday ko‘rinishda bo‘lishi undan foydalanuvchilarni chalg‘itishga olib kelishi mumkin.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Agrobank” ATBga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 10:03 02.06.2025. O'qildi: 643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!