Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

“Agrobank” ATB butunlay yangi hamda shaffof tizimni yo‘lga qo‘ymoqda

A A A
“Agrobank” ATB butunlay yangi hamda shaffof tizimni yo‘lga qo‘ymoqda

2022 yil 14 fevral kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “Agrobank” ATB Boshqaruvining 2021 yil yakunlari va 2022 yil rejalariga bag‘ishlangan ochiq hisoboti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Agrobank” ATB Kengash a’zolari, yirik aksiyadorlar, korporativ mijozlar, Bosh ofis rahbar va xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdi.

“Agrobank” ATB butunlay yangi hamda shaffof tizimni yo‘lga qo‘ymoqda“Agrobank” ATB butunlay yangi hamda shaffof tizimni yo‘lga qo‘ymoqda“Agrobank” ATB butunlay yangi hamda shaffof tizimni yo‘lga qo‘ymoqda“Agrobank” ATB butunlay yangi hamda shaffof tizimni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘tgan 2021 yilda bank tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarini moliyalashtirish, tadbirkorlik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 25,4 trln. so‘mlik kreditlar ajratildi va bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 3,5 trln. so‘mga yoki 116 foizga yuqori.

Shundan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 125 mingta mijozga 3,2 trln. so‘m, hududlarni iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 1 266ta 4,2 trln. so‘mlik loyihalar moliyalashtirildi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yilning dekabr oyida “Agrobank” rebrending o‘tkazdi va mijozlar uchun yanada qulay va shaffoflikka asoslangan ish tizimini joriy etdi. “Agrobank” ATB transformasiyasini amalga oshirish maqsadida OTB va KPMG kompaniyalari jalb qilinib, bank rivojlantirish strategiyasi va bank biznes modeli ishlab chiqildi.

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni joriy qilish maqsadida yurtimizning bir qator oliy o‘quv yurtlari bilan birga 5ta hududda “Fermerlar maktabi” tashkil qilindi.

Maktablarda qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik, o‘simliklar himoyasi, biznes, moliya va huquqiy savodxonlik bo‘yicha darslar berilmoqda. 2021 yil noyabrdan respublika bo‘yicha 15 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari rahbar va ishchilari o‘qitildi. 2022 yil yakuniga qadar yana 65 mingta fermer o‘qishlarga jalb qilinadi.

2021 yilda fermerlar va tomorqa yer egalari uchun qishloq xo‘jaligida “100 ta kitob” to‘plam loyihasi ham amalga oshirildi. Ushbu to‘plamdan 10 mingta chop etib, tarqatildi. Elektron shaklda agrobank.uz sayti, telegram boti orqali foydalanish imkoniyati yaratildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xizmatlarini sotib olish va sotishga ixtisoslashgan “AgroZamin” platformasi yaratildi. 2022 yilda aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Agroxizmatlar markazlari tashkil qilinmoqda.

2022 yilga rejalar qatoridan iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish uchun jami 32 trln. so‘m kredit ajratish va o‘tgan yilga nisbatan o‘sishni 7 trln. so‘m yoki 126 foizga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 3,9 trln. so‘m kredit ajratiladi.

Tumanlarda “Agrolab” o‘simliklarni himoya qilish faoliyati xizmati tashkil etiladi. Bu shoxobcha orqali ko‘chma va karantin laboratoriyasi, tadqiqot uchun issiqxona va yer dalasi, umumiy amaliyot xonasi, tayyor mahsulotlarni sotish do‘koni, yuk avtomobillari hamda agregatlar bazasi tashkil etiladi.

2021 yilda bank Chakana.uz marketpleysini ishga tushirdi. Bu platforma orqali mijozlar maishiy texnika va jihozlarni bankka kelmasdan masofadan sotib olishlari mumkin.

Bank Respublikamizda birinchilardan bo‘lib Kartomat qurilmasini tatbiq qildi. Bu qurilma orqali mijoz bank kartasini olish uchun “Face-ID” tizimi orqali identifikasiya qilinadi va karta avtomat tarzda rasmiylashtirib beriladi. Bugungi kunda bankning hududiy filiallarida 44ta kartomat qurilma o‘rnatildi. 2022 yil davomida esa barcha filiallarga (jami 170ta) bunday qurilmalar o‘rnatilishi reja qilingan.

2022 yilda yangi “Smart ofis” loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Aholi gavjum joylarda 24/7 rejimida ishlaydigan bu ofislar orqali mijozlar bank xodimi ishtirokisiz bank amaliyotlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, bankning xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish maqsadida yangi raqamli “Fresh” filiali faoliyatini rivojlantiriladi.

“Agrobank” ATB jamoasi aholi va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda 2022 yilda ham keng ko‘lamli islohotlarni jadal davom ettiradi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Kiritildi: 13:30 15.02.2022. O'qildi: 3043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!