Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Eron TIV: "Isroil zarbalaridan keyin vayronalar ostidan boyitilgan yadroviy material topildi"

Eron TIV: "Isroil zarbalaridan keyin vayronalar ostidan boyitilgan yadroviy material topildi"

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chining aytishicha, boyitilgan yadroviy material Isroil hujumlaridan keyin ob’ektlar vayronalari ostida qolmoqda.

Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.

"Bizning barcha materiallarimiz bombalangan ob’ektlar vayronalari ostida", dedi Abbos Arag‘chi televideniyeda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Atom energiyasi tashkiloti mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashiga hisobot berish uchun uning holatini baholamoqda.

8 sentyabr kuni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi agentlik Erondan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari joylashuvi haqida ma’lumot olmaganini aytdi. 2 sentyabr kuni Eron va MAGATE vakillari Eron yadro dasturi bo‘yicha ikki raund muzokaralari yakuniga ko‘ra natijaga erishmagani ma’lum bo‘ldi.

Iyun oyida Isroil va AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumidan so‘ng Eron MAGATEni o‘z majburiyatlarini bajarmaganlikda aybladi va agentlik bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatdi. Eron rasmiylari hozirgi sharoitda MAGATE bilan hamkorlik formatini o‘zgartirish kerak, deb hisoblaydi. Xususan, agentlikning yadroviy ob’ektlarni tekshirish bo‘yicha so‘rovlarini mamlakat Milliy xavfsizlik oliy kengashida alohida ko‘rib chiqish taklif qilinmoqda.

Kiritildi: 09:50 12.09.2025. O'qildi: 964 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!