Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Netanyaxu: “Hech qanday Falastin davlati bo‘lmaydi”

Netanyaxu: “Hech qanday Falastin davlati bo‘lmaydi”

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ishg‘ol qilingan G‘arbiy sohildagi Maale-Adumim atrofida noqonuniy yahudiy mahallalarini kengaytirishni ko‘zda tutadigan “E1” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

“Hech qanday Falastin davlati bo‘lmaydi. Bu yer bizniki… Biz o‘z merosimiz, o‘z yerimiz va xavfsizligimizni saqlab qolamiz”, — dedi Netanyaxu.

“E1” loyihasi doirasida minglab yangi uylar, yo‘llar qurish va infratuzilmani modernizasiya qilish rejalashtirilgan. Uning umumiy qiymati taxminan 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Ushbu qurilish Sharqiy Quddusni G‘arbiy sohilning boshqa qismi bilan bog‘lovchi hududni uzib qo‘yadi, bu esa xalqaro jamoatchilik fikriga ko‘ra, mustaqil Falastin davlati tuzish imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi.

Loyiha avvalroq — 2012 va 2020 yillarda AQSh hamda Yevropa bosimi ostida to‘xtatilgan edi. Ammo 2025 yil avgust oyida u rasman tasdiqlandi.

Ushbu qaror Isroilning Qatardagi HAMAS yetakchiligini “neytrallashtirish” urinishi bilan bir paytga to‘g‘ri keldi va jahon miqyosida tanqidlarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, bu Isroilning xalqaro miqyosda yanada yolg‘izlashishiga olib kelishi mumkin, ayni paytda bir qator G‘arb davlatlari BMTning navbatdagi Bosh Assambleyasida Falastinni rasman tan olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ultrao‘ngchi siyosatchilar — Netanyaxuning ittifoqchilari, xususan moliya vaziri Besalel Smotrich “E1” loyihasini qo‘llab-quvvatlab, shunday dedi:

“Falastin davlati shiorlar bilan emas, amaliy harakatlar bilan kun tartibidan chiqariladi.”

Eslatib o‘tamiz, xalqaro huquqqa ko‘ra, Isroilning G‘arbiy sohildagi mahallalari noqonuniy hisoblanadi.

Kiritildi: 18:10 12.09.2025. O'qildi: 923 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!