Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlik yo‘lini tanlasa, yangi sovuq urush bo‘lmasligiga ishonch bildirdi. Bu haqda Xitoy diplomati Pekinda YEI diplomatik missiyasi vakillari va YEI davlatlari diplomatlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
«Agar Xitoy va YEI dialog va hamkorlikni tanlasa, unda bloklar to‘qnashuvi bo‘lmaydi. Agar Xitoy va Yevropa Ittifoqi tinchlik va barqarorlikni tanlasa, yangi sovuq urush boshlanmaydi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Ria novosti» nashri.
Vang I, shuningdek, global taraqqiyot va farovonlik uchun ochiqlik va umumiy manfaat yo‘lini tanlash zarurligini ta’kidladi.