Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Agar Iroqda “noma’qul siyosatchi” bosh vazir qilib tayinlansa, AQSh mamlakatga yordam bermaydi"

"Agar Iroqda “noma’qul siyosatchi” bosh vazir qilib tayinlansa, AQSh mamlakatga yordam bermaydi"

Qo‘shma shtatlar prezidenti bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

"Eshitishimcha, buyuk Iroq mamlakati Nuri al-Malikiyni bosh vazir etib qayta tayinlash orqali juda yomon qaror qabul qilishi mumkin. Oxirgi marta Malikiy hokimiyatda bo‘lganida mamlakat qashshoqlik va boshboshdoqlikka yuz tutgan edi. Bu holat yana takrorlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar Malikiy bosh vazir etib tayinlansa, uning beparvo siyosati va mafkurasi tufayli Amerika Qo‘shma Shtatlari Iroqqa boshqa yordam bermaydi. Bizsiz esa Iroqning muvaffaqiyat, farovonlik yoki erkinlikka yetishish imkoniyati deyarli yo‘q", — deb yozgan Tramp.

Al-Malikiy 2006-2014 yillarda Iroq bosh vaziri bo‘lgan. Shanba kuni Iroqdagi shia partiyalari Koordinasiya kengashi uni hukumat rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatdi.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!