Eron G‘arbning unga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashi mumkinligiga albatta javob beradi va Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish ham istisno qilinmaydi.
Bu haqda Nyu-Yorkdagi BMT tadbirlarida ishtirok etayotgan Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiy ma’lum qildi.
"Snapback (sanksiyalarni tiklash) masalasi bo‘yicha: men Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishni istisno qilmadim, chunki bu bizning avvalgi ma’muriyatimiz tomonidan qabul qilingan qaror edi. Bu hali muzokaralar stolida. Lekin Eron yana nima qiladi? Bu Tehron rahbariyatida hali ham ko‘rib chiqilmoqda", — dedi u.
"Albatta, Eron javob beradi. Albatta javob bo‘ladi", - deya ta’kidladi TIV rahbari o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, "reaksiyaning bir qismi oldindan aniqlangan".