Afsusda qolgan ota: Men farzandlari katta bo‘lib qolgan insonman. Ijtimoiy tarmoqlarda turli hil insonlar bilan gaplashib turar edim. Ko‘pgina «do‘stlar» ham orttirgan edim. Shunday «do‘stlar»lardan biri ayol kishi bo‘lib, u meni qiziqtirar edi. U bilan turli mavzularda suhbatlashar edik. Suhbatlarimiz do‘stona suhbat emas, boshqacharoq edi.
Bir kuni gaplashib o‘tirdik va bir-birimizni ijtimoiy tarmoq orqali kompyuter ekranida ko‘rishga kelishdik. Kompyuterim ekraniga o‘sha ayol ulangach, bir-birimizni ko‘rib turganimizda ne ko‘z bilan qarayki, men bilan ijtimoiy tarmoq orqali suhbatlashib yurgan ayol o‘zimning qizim ekan!
Javob: Hayronu-lol qoldiruvchi hodisa!
Avvalo o‘zingiz nomahramlar bilan aloqangizni uzing. Islomni bilib, unga amal qiling. Qizingizga ham dinni o‘rgating, tarbiya bering va «men seni tekshirish uchun ijtimoiy tarmoq orqali sen bilan begona kishi sifatida tanishganman» deb ayting. Agar qizingiz rostdan xabardor bo‘lib bo‘lgan bo‘lsa, unga o‘zingizni haqiqiy, fidoiy, dindor ota o‘zini qanday tutsa, shunday tutish ila unga namuna bo‘lishdan boshqa chorangiz yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlar sababli fahshga, zinoga kirib qolayotganlar ko‘p uchramoqda. Inson har bir narsadan faqat yaxshilik ila foydalanishi lozimdir.
Afzal Abror tarjimasi