Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Afsus! O‘zbekistonda yana 20 dan ortiq odam koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

Afsus! O‘zbekistonda yana 20 dan ortiq odam koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi

2020 yil 22 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3028 (+22) nafarni tashkil qilmoqda. Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 11 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar, 11 nafari esa aholi orasidan qayd etildi.

Karantinda bo‘lgan fuqarolarning 6 nafari chet etdan kelgan, 5 nafari esa kasallikni bemorlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan. Aholi orasidan aniqlangan holatlarning barchasi Samarqand viloyatiga to‘g‘ri keladi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qat’iy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda 552 nafar bemor davolanmoqda. Barcha bemorlarga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:54 22.05.2020. O'qildi: 3284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!