Netanyaxuga Falastin davlatini Ugandada tashkil etish taklif qilindi.
Isroilning Channel 14 telekanalidagi muhokama chog‘ida boshlovchi Inon Magal «hozirgi vaziyat»ni hal qilish yo‘li sifatida Falastin davlatini Uganda hududida tashkil etishni taklif qildi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa ushbu taklif jiddiy ko‘rib chiqilishini bildirdi.
Mazkur suhbatda XX asr boshlarida paydo bo‘lgan tarixiy «Uganda rejasi»ga ishora qilindi. Ushbu reja sionizm harakati asoschilaridan biri Teodor Gersl nomi bilan bog‘liq.
O‘sha davrda Uganda sionistik davlat tashkil etish uchun ko‘rib chiqilgan bir nechta ehtimoliy hududlardan biri bo‘lgan.