Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni va Absolyut jahon chempioni Jorj Forman 76 yoshida vafot etdi. Bokschi kecha Xyustondagi kasalxonada vafot etgan. Uning oila a’zolari bokschi qanday kasallikdan vafot etganini ochiqlamagan.
Boks tarixidagi eng mashhur chempionlardan biri bo‘lgan Forman Olimpiya chempioni va professional boksda jahon chempioni bo‘lgan.
Uning hisobiga ko‘plab rekordlar yozilgan bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni asosan Muhammad Ali bilan "asr jangi"dagi mag‘lubiyati orqali eslaydi.
Forman o‘ta og‘ir vaznida ikki marta jahon chempioni va Olimpiya chempioni bo‘lgan, 81 ta jang o‘tkazib, 76 tasida g‘alaba qozongan.