Ijtimoiy tarmoqlarda «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi bo‘sh o‘rinlarda harakatlangani haqida xabarlar tarqalmoqda.
✅Holat yuzasidan tezkor ishchi guruh ushbu masalani ko‘rib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugun 26 fevral sanasida 766-sonli yo‘lovchi poyezdning 2 ta vagonida jami 11 ta VIP joylar sotilmagan.
⚠️Yo‘lovchi poyezdlar chiptalari sotuvga 45 kun oldindan chiqarilishi barchamizga ma’lum. «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdiga chiptalar fuqarolar va sayyohlar orasida ommabop hisoblanadi. Shuningdek, sayohat vaqtini o‘zgartirgan yo‘lovchilar esa chiptalarni qaytarishadi va bu qaytarilgan chiptalar tizimda qaytadan sotuvga chiqariladi.