Afrika ittifoqiga a’zo 23 mamlakatda vabo epidemik o‘choqlari aniqlandi. Bu haqda Afrika kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (Africa CDC) rahbari Jan Kasayya bayonot berdi.
Africa CDC ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 7 oyida vabo bilan kasallanishning 220 mingta holati qayd etilgan, solishtirish uchun: 2024 yil davomida 254 mingta shunday holat ro‘yxatga olingan.
Eng ko‘p kasallanganlar — Janubiy Sudan, Sudan, Kongo DR va Angolada yashovchilar.
Kasallanishlar ko‘paygani sababli, Africa CDC vaboga qarshi kurashish bo‘yicha umumqit’a rejasini ishlab chiqmoqda.