Janubiy afrikalik ayol birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirib dunyo rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi mahalliy IOL portali.
Ta’kidlanishicha, Janubiy Afrikaning Gauteng provinsiyasida yashovchi 37 yoshli Gosiame Tamara Sitole sakkiz oylik homilador bo‘lganida yetti nafar o‘g‘il va uchta qizni dunyoga keltirdi. Shu bilan birga, ilgari shifokorlar sakkizta bola bo‘lishini kutishgan.
Oldingi rekord birdan to‘qqizta bolani dunyoga keltirgan Malida yashovchi ayolga tegishli edi.