Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyasi ishga tushirildi

Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyasi ishga tushirildi

Efiopiya mamlakatdagi millionlab odamlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan Afrikadagi eng yirik gidroelektr stansiyasini rasman ochdi. 9 sentyabr, seshanba kuni Guba shahrida "Buyuk Efiopiya Uyg‘onish davri to‘g‘oni" ("Uyg‘onish" GES)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad, shuningdek, Somali, Jibuti va Keniya prezidentlari ishtirok etdi.

Sudan chegarasi yaqinidagi Moviy Nil daryosida qiymati 5 milliard dollarlik GES qurilishi 2011 yilda boshlangan. Birinchi turbina 2022 yilda ishga tushirilgach, to‘g‘onning quvvati asta-sekin o‘sib bordi va rasmiy ochilish arafasida maksimal quvvati 5150 megavattga yetdi. Bu uni dunyodagi 20 ta eng yirik GESdan biriga aylantiradi, deya qayd etadi Reuters.

«Buyuk Efiopiya Uyg‘onish davri to‘g‘oni» qariyb 120 million aholiga ega bo‘lgan mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplashga mo‘ljallangan bo‘lib, qolgan qismi qo‘shni davlatlarga eksport qilinadi. Bosh vazir Abiy Ahmad 14 yillik loyihaning yakunlanishini «tarixiy yutuq», GESni esa butun Afrika uchun «umumiy imkoniyat» deb atadi.

Kiritildi: 23:55 10.09.2025. O'qildi: 1080 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!