Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Afrikada Ebola virusini yuqtirganlar 30 kun ichida Yevropa va Osiyoning yirik aeroportlariga yetib borishi mumkin

Afrikada Ebola virusini yuqtirganlar 30 kun ichida Yevropa va Osiyoning yirik aeroportlariga yetib borishi mumkin

Yaponiyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan matematik modellashtirish natijalariga ko‘ra, Afrikada Ebola virusini yuqtirgan shaxslar 30 kun ichida yuqori ehtimol bilan Yevropa va Osiyoning yirik tranzit aeroportlariga yetib boradi.

Tadqiqot Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandadan virus tashuvchilari foydalanishi mumkin bo‘lgan aviasiya yo‘nalishlari tahliliga asoslangan. Olimlar fikricha, bir oy ichida virus yuqtirgan shaxslar Belgiya, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiya kabi yirik xalqaro transport markazlariga yetib borishi ehtimoli mavjud.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, eng salbiy ssenariyda Belgiyada virus yuqtirgan yo‘lovchining aniqlanish ehtimoli 92 foizni, Fransiyada 91 foizni, BAAda 88 foizni, Turkiyada esa 86 foizni tashkil etadi.

Yaponiyalik olimlar o‘z modeliga 11 264 ta aeroport, 569 741 ta aviayo‘nalish va taxminan 330 million yo‘lovchi haqidagi ma’lumotlarni kiritgan. Tadqiqotda ta’kidlanishicha, mazkur dastlabki prognozlar xalqaro vaziyatni tezkor kuzatish uchun asos yaratadi, biroq virus yuqtirgan shaxsning mamlakatga kirib kelishi infeksiya keyinchalik tarqalishini anglatmaydi.

May oyining o‘rtalarida Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebolaning bundibugyo shtammi tarqala boshlagan edi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti zudlik bilan buni “boshqa davlatlarga xavf soluvchi favqulodda holat” deb e’lon qildi. Shuningdek, tashkilot virusning mintaqa bo‘ylab tarqalish xavfini yuqori deb baholadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida virus yuqtirganlar soni 800 nafardan oshgan, kamida 192 kishi esa vafot etgan.

Kiritildi: 13:21 17.06.2026. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!