Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Afrikada chigirtka balosi: Tanzaniya shoshilinch choralar ko‘ryapti

A A A
Afrikada chigirtka balosi: Tanzaniya shoshilinch choralar ko‘ryapti

Tanzaniya shimolidagi Klimanjaro provinsiyasini chigirtkalar bosdi. “Anadolu” agentligining xabar berishicha, Keniyadan kelgan chigirtkalar dalalar va ekinlarga zarar bera boshlagan. 

Zararkunandalarga qarshi kurashish uchun hududga darhol ikkita maxsus samolyot va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari yuborildi. 

Keniya, Efiopiya, Sudan singari bir qator Sharqiy Afrika mamlakatlari oxirgi yillarda chigirtkalar istilosidan talafot ko‘ryapti. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, mintaqada chigirtkalarga qarshi kurashish uchun 38 million dollar mablag‘ zarur. Tashkilot yaqinda yangi chigirtka galalari Efiopiya, Keniya va Somalida tarqala boshlagani, ular Janubiy Sudan, Tanzaniya va Ugandaga ham yetib borishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. 

Bir kilometr kvadrat maydonni egallagan 40-80 million atrofidagi chigirtka bir kunda 35 ming kishiga yetadigan oziqni yeb qo‘yishi mumkin.

Kiritildi: 18:43 25.02.2021. O'qildi: 1642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!