Rossiya va Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) rasmiylari umumta’lim maktablarida rus tilini o‘qitish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Rossiya Maorif vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Pilot loyiha doirasida MARdagi uchta maktabda oltinchi sinf va undan yuqori sinf o‘quvchilari uchun rus tilini o‘qitish boshlanadi. Rossiya Ta’lim vazirligi mamlakatga chet tili sifatida rus tilini o‘rgatish uchun 500 ta darslik topshirgan. Hamkorlikning keyingi rejalari orasida Bangi shahridagi universitetda rus tili kafedrasini tashkil etish ham bor.
Bangidagi Rossiya uyi o‘qituvchilari 2024 yildan beri MAR xususiy maktablarida rus tilidan dars berib kelmoqda. 1 oktyabr kuni rus tili davlat maktablarining o‘quv dasturiga ham kiritilgani ma’lum bo‘ldi.