Bugun 7 iyun, 2026 yil, yakshanba

КИР

Afrika mamlakatlari Yevropaga gaz yetkazib berish uchun gaz quvuri qurishni boshladi

Afrika mamlakatlari Yevropaga gaz yetkazib berish uchun gaz quvuri qurishni boshladi

Nigeriya, Niger va Jazoir Yevropaga tabiiy gaz yetkazib berish uchun Trans-Sahroi Kabir gaz quvuri qurilishini boshladilar.

Bu haqda Business Insider Africa nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nigeriyaning Varri shahridan Niger orqali Jazoirdagi Hassi Messaoud gaz markazigacha bo‘lgan quvur uzunligi 4128 kilometrni tashkil etadi va 30 milliard kubometrgacha quvvatga ega bo‘ladi.

U yerdan gaz O‘rta yer dengizi eksport terminallariga, so‘ngra quvurlar orqali Yevropa bozorlariga yetkazib beriladi. Jazoirda qurilish ishlari allaqachon boshlangan, Nigerda esa ishlar 2027 yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: Bugun 10:11. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!