Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Afrika davlatida maymunchechakning birinchi holati aniqlandi

A A A
Afrika davlatida maymunchechakning birinchi holati aniqlandi

Marokash Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi mamlakatda birinchi marta maymunchechak kasalligini qayd etdi. Bu haqda «360» axborot portali xabar berdi .

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik tashxisi qo‘yilgan odam allaqachon Marrakechdagi tibbiy markazlardan birida kerakli yordamni olgan . Uning sog‘lig‘i barqaror deb baholanmoqda. Hozir u shifokorlarning diqqat markazida.

Virus tarqalishining oldini olish uchun Marokash hukumati profilaktika choralarini ko‘rdi. Qirollik aholisiga qo‘llarini muntazam yuvish, kasallanganlar bilan bevosita aloqa qilmaslik va shaxsiy gigiyenaga jiddiy e’tibor qaratish tavsiya qilindi.

Kiritildi: 06:20 13.09.2024. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!